
Ulamolar nazdida muvaffaqiyat sabablari kitobi narxi
Ulamolar nazdida muvaffaqiyat sabablari (pdf mavjud emas)
Kitob haqida:
Muallif ushbu kitobida bugungi islom olamidagi eng dolzarb savol – salaflarimiz qanday qilib bunchalar yuksak marralarga erishganlar, ularning muvaffaqiyatlarining sabablari nimalardan iborat, degan savolga javob izlagan. Kitobda salaflarning pok aqida va har qanday kirliklardan toza solih amallarni hayotga eng go‘zal suratda tatbiq qilganlari, bunga turtki bo‘lgan omillar va u zotlarning bu yo‘ldagi jiddu jahdlari, shuningdek, musulmonlarning bugungi holatlariga turtki bo‘lgan sabablar haqida so‘z yuritiladi. Mavzularni bayon qilishda Qurʼon oyatlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnati saniyalari hamda salaf olimlarimizning siyratga oid asarlaridan keng va unumli foydalanilgan. O‘ylaymizki, ushbu kitob qalb tarbiyasi va salafi solihlarning xulqlariga intilish yo‘lida aziz o‘quvchilarimizga nurli chiroq bo‘lib xizmat qiladi.
Kitobni kutubxonamizdan bepul vaqtinchalik o'qib turish uchun olishingiz mumkin
Umumiy kitoblar soni: 6
Bo'sh kitoblar: 5
Yuqorida kitobning kutubxonamizda nechta borligi, bo'sh yoki band ekanligini bilishingiz mumkin